Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

C’È yoki CI SONO?


C’È yoki CI SONO?

C’È va CI SONO biror narsaning yoki kimningdir ma'lum bir joyda mavjudligini ko'rsatadigan iboralar mavjud va mavjud.

C’È birlikdagi ega bilan ishlatiladi:

Oggi c’è il sole. (bugun quyosh bor)

CI SONO ko’plikdagi ega bilan ishlatiladi:

Nella macedonia ci sono molti frutti. (mevali salatda ko'plab meva bor)

Ushbu birikma inkor va so’roq shaklda ham ishlatilishi mumkin:

FORMA INTERROGATIVA: faqatgina ohangni o’zgartirgan holda yasaladi:

C’è il sole oggi?

Ci sono ancora i formaggi nel frigo? (Sovutgichda hali ham pishloqlar bormi?)

FORMA NEGATIVANON + c’è / ci sono

Non c’è il sole oggi.

Non ci sono più i formaggi.

Shubhasiz,  “c’è” e “ci sono” birikmasini istalgan zamonda va maylda tuslab, qo’llashimiz mumkin, shunchaki "essere" fe'lini mos keladigan tarzda tuslaymiz.

Ci sarà anche Sara al mio compleanno domani. (Ertangi tug'ulgan kunimda Sara ham bo'ladi)

Penso che ci siano troppi errori nel tuo esame. (O'ylashimcha javoblaringda juda ko'p xatolar bor)

Ieri c’era il vento ma oggi no. (Kecha shamol bor edi, bugun esa yo'q)

Ci sono ancora i formaggi?

So’roq gaplarda “ancora” so'zini ishlatganda, biz ma'lum bir vaqt davomida biror narsa (yoki kimdir) ma'lum bir joyda bo'lganligini ta'kidlamoqchi bo’lamiz; biz hozirgi paytda u doimo o'sha joyda bo'ladimi yoki yo'qligini bilmoqchi bo’lamiz

Ci sono ancora i formaggi? → Bir qancha vaqt oldin pishloqlar shu erda edi. Hozir ham shu yerda bormi?

Ijobiy javob berish uchun biz ancora  dan foydalanamiz :

Sì, ci sono ancora.

Salbiy javob berish uchun biz più dan foydalanamiz:

No, non ci sono più.

Manba: SamDChTI italyan tili o'qituvchisi Rustamova Malika

InItalia.uz © 2020-